22:53 / 28.10.2020
2 352

Faqat o‘pkani rentgen qilish orqali koronavirusga tashxis qo‘yish mumkinmi?

Faqat o‘pkani rentgen qilish orqali koronavirusga tashxis qo‘yish mumkinmi?
Koronavirusga tashxis qo‘yish faqatgina o‘pkani rentgen qilish bilan emas, bir qancha ko‘rsatkichlarga asoslanadi. Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda tashkil etilgan brifingda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ma’lum qildi.

Jumladan, mutaxassis «Bizda o‘pkani rentgen qilish orqali koronavirusga tashxis qo‘yilyapti, bu qanchalik to‘g‘ri?», degan savolga izoh berib o‘tgan.

- "Ushbu kasallikka tashxis qo‘yish faqatgina o‘pkani rentgen qilish bilan emas, bir qancha ko‘rsatkichlarga asoslanadi. Burunning hid bilishi, ta’m bilishning yo‘qolishi, qolaversa, isitma ko‘tarilishi, nafas qisishi, odam o‘zini holsiz sezishi va shunga o‘xshash klinik belgilari bor. Kasallikka to‘g‘ri va to‘liq tashxis qo‘yilishida PZR usulida tekshiruv bizda yetakchi o‘rinda turadi. Agar PZR tekshiruvi manfiy natija bersa, lekin bemor o‘zini yomon his qilsa, quruq yo‘tal alomatlari bo‘lsa, IFA usulida ham tekshiruvlarni amalga oshirish taklif etiladi. Chunki IFA usulida bemorda kasallikning qay darajada kechayotganligi, faol yoki kasallanib tuzalayotganligi, ya’ni Immunoglobulin G yoki M paydo bo‘lganiga qarab turib axborot olishimiz mumkin", - deydi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koronavirusga qarshi kurashish shtabining yana bir a’zosi Nargiza Nurullayeva koronavirusning eng ko‘p uchraydigan belgilarini foizlar nisbatida ma’lum qilgan, virusning boshqa shamollash va o‘tkir respirator kasalliklardan farqli bo‘lgan jihatlari, eng erta paydo bo‘ladigan alomatini aytgan edi.

Shuningdek, Toshkent shifokorlar malakasini oshirish instituti rektori, professor Habibulla Oqilov chidab bo‘lmaydigan og‘riqlar, jumladan, bosh og‘riqlari, to‘xtamasdan qayt qilish, va intensiv diareya ham koronavirus bemorlarini statsionar sharoitda shifoxonada davolashga ko‘rsatma sanalishini bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Faqat o‘pkani rentgen qilish orqali koronavirusga tashxis qo‘yish mumkinmi?