Majburiy ijro byurosi Qo‘qon shahar bo‘limida fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 07.12.2016 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor O‘.Djo‘rayevdan undiruvchi M.Djo‘rayeva foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun daromadining 1/3 qism miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud.
Ijro ishi bo‘yicha qarzdor O‘.Djo‘rayev o‘z farzandlari uchun aliment pulini oxirgi marta 2017 yil iyul oyida bergan bo‘lib, shundan so‘ng u Toshkent shahriga ishlash uchun ketib qaytib kelmagan. Garchand Byuro shahar bo‘limi qidiruv guruhi xodimlarida uning uyga tez-tez kelib turishi haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lsada uni ushlash imkoniyati bo‘lmagan.
Oradan 34 oy o‘tgach O‘.Djo‘rayev Rossiya davlatiga ishlash maqsadida xorijga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirayotgan vaqtida O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlari cheklanganligini bilgach o‘z ixtiyori bilan Byuroning Qo‘qon shahar bo‘limiga hisoblangan 22 mln. 610 ming so‘m aliment pullarini naqd shaklda keltirib davlat ijrochisiga topshirdi.
Biroq, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 421-moddasiga asosan cheklov olib tashlanmasligi va farzandlari 18 yoshga to‘lgunga qadar aliment pulini to‘lagan taqdirda qonunda belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkinligi tushuntirildi. Qarzdor ota tez orada ikki nafar farzandining 18 yoshga to‘lgunga qadar aliment pulini ham qo‘shimcha to‘lab berishini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi