date
views 2 263

Zangiotadagi gaz quyish shoxobchasida Labo avtomashinasi yonib ketdi

Zangiotadagi gaz quyish shoxobchasida Labo avtomashinasi yonib ketdi
Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi
Toshkent viloyati Zangiota tumani hududida joylashgan «Metan» gaz quyish shoxobchasida haydovchining ehtiyotsizligi sababli Labo avtomobili yonib ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 3 noyabr kuni soat 19:30 da Zangiota tumani hududida joylashgan «Metan» gaz quyish shoxobchasida haydovchi Sh.H. gaz to‘ldirib bo‘lgach, ulagich moslamasini uzmasdan Labo mashinasida harakatni boshlagan. Buning oqibatida yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi
Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zangiotadagi gaz quyish shoxobchasida Labo avtomashinasi yonib ketdi