
Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan soliq qarzdorliklarini undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Jumladan, Byuroning Norin tuman bo‘limi ish yurituviga joriy yilning 2 sentabrda kelib tushgan Namangan viloyati soliq boshqarmasining qarzdor “Norin paxta tozalash” AJ dan 3.806.105.369 so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.
Mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash uchun qarzdorga 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilishiga qaramasdan ijro hujjati talabi bajarilmagan.
Shundan so‘ng bo‘lim tomonidan olib borilgan bir qator majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdor “Norin paxta tozalash”dan 903 mln. so‘m soliq qarzi undirilshiga erishildi.
Bundan tashqari qarzdorning jami 3.2 mlrd. so‘m qiymatidagi mol-mulklari xatlanib, shundan 2.1 mld. so‘mligi elektron onlayn auksion savdolariga chiqarildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar