Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 06.10.2018 yildagi “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 808-sonli qarori bilan voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek voyaga yetmagan bolalar, er (xotin), sobiq xotin (sobiq er) va boshqa mehnatga layoqatsiz shaxslar ta’minoti uchun aliment to‘lash majburiyatini ta’minlashda garov shartnomasini tuzish tartibi belgilangan.
Mazkur Qaror mazmun-mohiyati yuzasidan aholi o‘rtasida olib borilgan targ‘ibot tadbirlari natijasini Byuroning G‘allaorol tuman bo‘limi misolida ko‘rishimiz mumkin.
Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining 03.04.2014 yil kungi sud buyrug‘iga ko‘ra qarzdor G‘.Qarshiboyev hisobidan undiruvchi Sh.Qarshiboyeva foydasiga bir nafar farzandi ta’minoti u voyaga yetgunga qadar aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning G‘allaorol tuman bo‘lim ish yurituviga 08.02.2019 yil kuni kelib tushgan va O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Yuqorida qayd etilganlarga hamda taraflarning talabiga ko‘ra MIB.UZ veb-sayti orqali onlayn kalkulyator yordamida to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment miqdorini hisob-kitob qilinganda 75 mln. so‘mni tashkil etgan.
Shundan so‘ng, qarzdor G‘.Qarshiboyev hisobidan undiruvchi Sh.Qarshiboyeva foydasiga bir nafar farzandi voyaga yetgunga qadar jami 75 mln. so‘m aliment pullari undirib berilishi ta’minlanib, mazkur ijro hujjati amalda to‘liq ijro etilganligi sababli, ish yuritishdan tamomlanganligi ma’lum qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?