Nig‘matilla Yo‘ldoshev yig‘ilishda huquqni muhofaza qilish faoliyatidagi korrupsiya holatlarini alohida tilga oldi. O‘tgan ikki yilda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 318 nafar xodimi jinoiy qilmishlari uchun javobgarlikka tortilgan.
Masalan, «Ark buloq» bojxona posti boshlig‘i J. boshchiligidagi bir guruh bojxona xodimlari pora evaziga turli sub’ektlar tomonidan import qilingan tovarlar qiymatini pasaytirib ko‘rsatib, davlat manfaatlariga qariyb 9 mlrd. so‘m zarar yetkazgan.
Tergov jarayonida J.ning uyida o‘tkazilgan tintuvda, pora sifatida olingan 311 ming dollar naqd pullar olingan.
Bundan tashqari, jinoiy yo‘l bilan topilgan pullar evaziga Bo‘stonliq tumanida 8 sotixli dala hovli qurganligi, «Toshkent siti» majmuasidan 2 ta xonadon va 1 ta noturar joy hamda «Kaptiva» avtomashinasini sotib olganligi aniqlangan. Hozirda J. va sheriklari sud oldida javob bermoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi