13:30 / 11.11.2020
2 126

Qashqadaryoda haydovchining uxlab qolishi oqibatida Matiz Nexia bilan to‘qnashdi

Qashqadaryoda haydovchining uxlab qolishi oqibatida Matiz Nexia bilan to‘qnashdi
Qashqadaryo viloyati Qarshi–Nishon yo‘lining 8—9-kilometrlarida 2020 yil 6 noyabrda Matiz hamda Nexia ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining axborot xizmati xabar qildi.

Vazirlik Telegram kanaliga yuklangan videoda Qashqadaryo viloyati IIB YHXB boshlig‘i Ahmad Soatov hodisaga Matiz haydovchisining uxlab qolishi va qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Nexia’ga borib urilishi sabab bo‘lganini bildirgan.

Lavhada haydovchilarning sog‘lig‘i haqida, mashinalar ichida boshqa yo‘lovchilarning bo‘lgan yoki bo‘lmagani yuzasidan ma’lumot berilmagan. Biroq video sarlavhasi «Qarshi tumanida o‘lim bilan bog‘liq YTH» deb nomlanadi. YTH oqibatida qaysi mashina haydovchisi yoki salon ichida bo‘lgan yo‘lovchi vafot etganiga aniqlik kiritilmagan.

Foto: Telegram / IIV
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi YHXB yo‘l harakatini tashkil etish va nazorat qilish bo‘linmasi boshlig‘i Bekzod Pirnazarov trassa ko‘zdan kechirilganida avtomobil yo‘li qoplamasining tekis-ravon ekanligi, yotiq chiziqlar chizilganligi, tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilganligi, o‘ydim-chuqur joylar yo‘qligi aniqlanganini aytib o‘tgan. Shuningdek, IIO xodimi yo‘l o‘rtasida 1.1 uzluksiz o‘q chizig‘i borligi, hududning aholi yashamaydigan hudud ekanini, aholi yashash joyi haqidagi yo‘l belgisi 500 metr oldinroqda ekanini qayd etdi va shu sababli ham ko‘cha chiroqlari mavjud emasligini qo‘shimcha qildi.

Foto: Telegram / IIV
Nishon tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi 189-yo‘l bo‘lim boshlig‘i Ilhom Rasulov ham trassaga xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirilgani, yo‘l belgilari va yotiq chiziqlar chizilganini ta’kidlagan va avtohalokatga haydovchilardan birining ehtiyotsizligi sabab bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda haydovchining uxlab qolishi oqibatida Matiz Nexia bilan to‘qnashdi