
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan yo‘lovchilarning zamonaviy poyezdlarga bo‘lgan talabini to‘la qondirish maqsadida, Toshkent – Samarqand – Toshkent yo‘nalishida harakatini amalga oshirayotgan 764/763-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdining reysi yana bittaga ko‘paytirilmoqda.
Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirgi kunga qadar haftada 2 marotaba (shanba va yakshanba kunlari) harakatini amalga oshirayotgan mazkur zamonaviy poyezd, 2020 yil 13 noyabrdan boshlab haftada 3 marotaba (juma, shanba va yakshanba kunlari) yo‘lovchilarning uzog‘ini yaqin qiladi.
Shuningdek, mazkur poyezdning ushbu sanadan boshlab Jizzax vokzalida ham to‘xtab o‘tishi yo‘lga qo‘yiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar