
Majburiy ijro byurosi Zangiota tuman bo‘limi ish yurituvida, fukarolik ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat Zangiota tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor D.Yusupovdan, undiruvchi D.Yusupovaning foydasiga 3 (uch) nafar farzandi ta’minoti uchun ish xaqi va boshka daromadlarining 1/2 kism mikdorida aliment undirish ko‘rsatilgan ijro ishi mavjud.
Ijro harakatlari jaryonida qarzdorning yashash manzili, mol mulki o‘rganilganda, alimentchi o‘zi ro‘yxatda turadigan manzilda yashamasligi va uning nomida mol mulk, uy joy va avtotransport vositasi yo‘qligi aniqlangan.
Qidiruv natijalarida qochoq ota topilib, unga nisbatan JKning122-moddasi tartibida barcha xujjatlar rasmiylashtirilganligini ya’ni ma’muriy javobgarlikka tortilishini tushunib yetgach, qarzdor mavjud aliment qarzdorligi 13.470.000 so‘m pullarni undiruvchiga nakd to‘lab bergan va bu bo‘yicha tegishli tartibda tilxat rasmiylashtirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar