17:50 / 14.11.2020
2 287

MIB: bo‘shatilgan xodimlarni ishga joylash choralari ko‘rilgan va maoshlar to‘lab kelinmoqda

MIB: bo‘shatilgan xodimlarni ishga joylash choralari ko‘rilgan va maoshlar to‘lab kelinmoqda
Joriy yilning 14 noyabr kuni Ijtimoiy tarmoklarida “Haligacha struktura va shtat birligi tasdiqlanmadi. Qisqartirishga tushganlar ish bilan ham ta’minlanmadi” nomli xabar joylashtirilgan.

Mazkur xabarda, “Byuro direktori qisqarishga tushgan barcha xodimlar ta’minotchi korxonalarga ishga joylashtirilishiga va’da berganligi, uch oygacha o‘z hisobidan majburiy ta’tilda yurgan va 2 oydan buyon fond tomonidan beriladigan ish haqini ololmayotganlik” haqida so‘z borgan.

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining 18.06.2020 yilda “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takolmillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6010-sonli Farmoni imzolandi, unga ko‘ra Byuro organlarida xodimlarning shtat birliklari soni o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmi qisqartirildi.

Mazkur Farmonning 4 bandida “elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishi bo‘yicha vazifalar o‘tkazilishi munosabati bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” va “Hududgazta’minot” AJlarning tuzilmalari faoliyatiga qo‘shimcha jalb qilinadigan xodimlar, birinchi navbatda, mazkur bandning to‘rtinchi xatboshisiga muvofiq qisqartirilayotgan Byuro xodimlari hisobidan to‘ldiriladi” deb belgilangan bo‘lib, Byuro rahbariyati tomonidan hamkorlikda olib borilgan amaliy ishlar natijasida jami 97 nafar xodimlarni ishga joylashtirishiga erishildi.

Bundan tashqari, Farmonga asosan bo‘shatilgan xodimlarning barchasiga kompensatsiya to‘lovlari hamda yakuniy hisob-kitob pul mablag‘lari to‘liq to‘lab berililishi ta’minlangan.

Shuningdek, xabarda keltirilgan 2 oydan buyon oylik maoshlarini fond qismini olmaganliklari haqidagi vajlari yuzasidan faoliyatdagi xodimlarga o‘tgan davr davomida har oyning 5 sanasiga qadar oylik ish haqlari hisoblangan holda to‘lab kelinayotganligi ma’lum qilinadi.

So‘z o‘rnida, Byuro direktori boshqa lavozimga o‘tishi munosabati Byuroda mehnat qonunchiligiga amal qilinishi va oylik maoshlarning o‘z vaqtida to‘lanishi hamda xodimlarning taqdiriga bo‘lgan e’tiborga o‘z ta’sirini ko‘rsatmaydi.

Majburiy ijro byurosi
Jizzax viloyat boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: bo‘shatilgan xodimlarni ishga joylash choralari ko‘rilgan va maoshlar to‘lab kelinmoqda