3 735
Toshkentda avtosaroylardan birida chiptachi avtobus haydovchisiga pichoq tiqib oldi (video)
Kadr: YouTube
Toshkent shahridagi 12-avtobus saroyida mast haydovchilar o‘rtasidagi nizoga aralashgan chiptachi ulardan biriga pichoq tiqib oldi. Bu haqda «Yoshlar» telekanalining «Yangi davr» informatsion dasturida efirga berilgan lavhada xabar qilingan.
Xabarga ko‘ra, 20 yoshli A. 2020 yil 8 oktabr kuni 12-sonli avtobus saroyida 32 yoshli B. ismli shaxs bilan janjallashib qolgan va unga pichoq tiqib olgan.
A.ning so‘zlariga ko‘ra, avtosaroyda ikki haydovchi o‘rtasida janjal kelib chiqqan va u ularni ajratishga uringan. Ikkala haydovchi ham mast bo‘lgani tufayli ulardan biri A.ga tashlanib qolgan.
Jabrlanuvchi pichoq bilan hamla qilgan yigitning haqiqatdan ham ularni ajratishga uringanini tasdiqlagan, sarxush bo‘lgani tufayli pichoq zarbini oradan ma’lum vaqt o‘tganidan keyin payqaganini aytgan.
Videolavhada pichoqning chiptachi qo‘liga qanday qilib tushib qolganiga ham aniqlik kiritilgan. Chiptachining aytishicha, pichoqni kimdir avtobusda tushirib qoldirgan va u buyumni topib olib, tashlab yubormasdan oldida olib yurgan.
«Sodir bo‘lgan holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda», — deydi tergovchi Abdumalik Qurbonov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi