Foto:Namangan viloyati DXM matbuot xizmati
1940 yil Namangan shahrida tug‘ilgan Mahmudjon Mirzaboyev, 1943 yilda tug‘ilgan Rayhona Usmonova bilan shar’iy nikohdan o‘tib, hayot kechirishayotgan edi. Lekin shu vaqtga qadar ular qonuniy nikohdan o‘tmagan. Mana oradan 55 yil vaqt o‘tib, Namangan shahar 2-sonli FHDYOda ularning nikohlari rasmiylashtirildi, deya ma’lumot berdi viloyat DXM matbuot xizmati.
- To‘yimizga ko‘p vaqt bo‘lgan bo‘lsada, guvohnoma olish uchun vaqt ajratmaganimizni qarang. Hozir nevara, chevaralik bo‘lganimizda birinchi marta nikohni qayd etganimiz 80 yoshli yubiley to‘yimga ajoyib sovg‘a bo‘ldi deydi,- Mahmudjon ota Mirzaboyev.
Hayotda turli tashvishlar sabab hujjat ishlarini o‘z vaqtida bitirmay, oradan yillar o‘tgach, nikoh guvohnomasini olgan fuqarolar hozirda ko‘pchilikni tashkil etadi. Ulardan yana biri Namangan shahrida istiqomat qilayotgan 59 yoshlik Pak Gerontiy hamda 55 yoshni qarshilagan Dinara Abdurahmonovnalardir. Ular ham 30 yildan ortiq vaqt mobaynida nikoh guvohnomasiz oila qurishgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi