Jinoyat ishlari bo‘yicha Bulung‘ur tuman sudining 2020 yil 6 avgustdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Shavkat Norqulovdan davlat foydasiga 22 mln. 300 ming so‘m jinoiy jarima undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Jomboy tuman bo‘limi ishi yurituviga kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijroga qaratilgan.
Qarzdorga ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni ixtiyoriy bajarishlik uchun muddat berilgan. O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 42(1)–moddasiga asosan qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlariga vaqtincha cheklov o‘rnatilgan.
Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 21,87-moddalariga asosan tegishli tashlikotlarga so‘rovnomalar yuborilgan.
Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdordan tegishli to‘lov hujjatlariga asosan 22 mln. 300 ming so‘m jarima to‘liq undirilib, ijro hujjati amaldagi Qonunning 41-moddasi 1-qismiga asosan tamomlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi