11:16 / 18.11.2020
2 510

Samarqand tumanida er-xotin o‘rtasidagi uy ikkiga bo‘lindi

Samarqand tumanida er-xotin o‘rtasidagi uy ikkiga bo‘lindi
Majburiy ijro byurosi Samarqand tuman bo‘limida fuqarolik ishlari bo‘yicha Tayloq tumanlararo sudining sud hujjatiga asosan javobgar Amin Karimovdan da’vogar Mavluda Razzoqova foydasiga umumiy mulk hisoblangan Samarqand tumani, Gulobod shaharchasi, Navobod ko‘chasi 5/16-xonadondagi ulushi hisobidan 72 mln. 343 ming so‘m undirish belgilangan.

Sudning hal qiluv qarori 27.02.2020 yilda kuch kirgach Byuroning tuman bo‘limiga yuborilgan hamda davlat ijrochisi tomonidan javobgar A.Karimovga sud qarori ijrosini ta’minlash haqida qaror yuborilgan.

Pandemiya munosabati bilan bir muddat ijro hujjati bo‘yicha majburiy ijro harakatlari to‘xtatilgan bo‘lsada, karantin talablari yumshatilgach ijro hujjati bo‘yicha qarzdor A.Karimovga sud qarori ijrosini ta’minlash talabi qo‘yilganida turli vaj-karsonlar bilan belgilangan summani to‘lashdan bo‘yin tovlagan.

Majburiy ijro harakatlari davomida A.Karimovning yashash manzilida o‘tkazilgan ko‘zdan kechirish davomida ehtiyojidan ortiqcha mulklari mavjudligi aniqlanib xatlangan hamda ushbu jarayonga mahalla faollari aralashib qarzdor tarafni o‘rtaga olishgan. Sud qarori talabi majburiyligi va uni bajarishdan qochish befoyda ekanligini tushungach A.Karimov 72 mln. 343 ming so‘m ulush qismi hamda sud xarajatlarini keltirib berdi.

Bo‘limda undiruvchi M.Razzoqova 72 mln. 343 ming so‘m pul mablag‘larini to‘liq sanab qabul qilib olib bu haqda tilxat taqdim qildi, o‘z navbatida ijro hujjati ijrosi to‘liq ta’minlanganligi sababli tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqand tumanida er-xotin o‘rtasidagi uy ikkiga bo‘lindi