date
views 2 451

Ota 110 million so‘m aliment pulini oldindan to‘lab berdi

Ota 110 million so‘m aliment pulini oldindan to‘lab berdi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudi qaroriga ko‘ra, hazorasplik A.M. sobiq turmush o‘rtog‘i G.M. foydasiga 3 nafar farzandining ta’minoti uchun oylik ish haqi va daromadlarining 1/2 qismi miqdorida farzandlari voyaga yetgunga qadar aliment undirish belgilangan edi.

MIB Hazorasp tuman bo‘limi davlat ijrochisining ijro harakatlari natijasida tomonlar kelishib, A.M. sobiq turmush o‘rtog‘i foydasiga 110,8 mln so‘m aliment pulini oldindan to‘lab berdi.

Qayd qilish joizki, Vazirlar Mahkamasining «Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori bilan voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek voyaga yetmagan bolalar, er (xotin), sobiq xotin (sobiq er) va boshqa mehnatga layoqatsiz shaxslar ta’minoti uchun aliment to‘lash majburiyatini ta’minlashda garov shartnomasini tuzish tartibi belgilab berilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ota 110 million so‘m aliment pulini oldindan to‘lab berdi