Navoiy viloyatiga xizmat safari chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev «bir qop semirgani» aytilmoqda.
Nig‘matilla To‘lqinovichning to‘lqinlangani bejiz emas, demoqda «Xabar.uz» manbasi. Negaki, yillar davomida viloyat prokurori darajasiga yetgan shaxsning yanayam ko‘tarilib yoki boshqa viloyatga shunday lavozimga o‘tkazilgani o‘ta kamyob hodisaga aylangandi. Viloyat prokurorligiga (faqatgina Navoiy viloyati nazarda tutilayotgani yo‘q) tayinlanganlarning aksariyati ikki-uch yil o‘tmay oyog‘i yerdan uzilishi ortidan «urilib» ketgani sir emas. Tizimni «xalq prokuraturasiga» aylantirishga jiddu jahd qilinganidan keyin bunday holat, ko‘z tegmasin, kam uchramoqda. Endilikda bir hududdan boshqasi o‘tkazilayotgan mutaxassisni orqasidan «teskari alqab» emas, izzat-hurmat bilan kuzatish ko‘zga tashlanmoqda.
Navoiydan Sirdaryo viloyati prokurorligiga o‘tkazilgan Sh. Aminov bilan shunday bo‘ldi. Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov qonuniylikni ta’minlash, ayniqsa, sektor rahbari sifatida amalga oshirgan ishlari uchun unga quyuq minnatdorchilik bildirib, esdalik sovg‘aga ilova tariqasida yelkasiga to‘n yopdi, beliga qiyiq bog‘lab, boshiga do‘ppi qo‘ndirdi.
Ayni o‘sha tadbirda viloyatga yangi tayinlangan prokurorni tanishtirishga chog‘lanayotgan Bosh prokuror N.Yo‘ldoshev xodimiga ko‘rsatilgan bunday e’tibordan to‘lqinlanib ketibdi.
Bosh qonun posbonini tushunish mumkin: shaxsni katta lavozimga tayinlar ekan, buning zamirida katta ishonchidan tashqari ozroq xavotiri ham bo‘ladi. Zero, prokurorlik xohlagan paytda «shartta ariza yozib ketvoradigan» lavozim emas-da. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi