Foto: wikimapia.org
Bugun, 28 noyabr kuni Toshkent-Qo‘qon-Toshkent yo‘nalishida 560/559-sonli qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabariga ko‘ra, bundan respublikada kuzatilayotgan noqulay ob–havo sharoitida yo‘lovchilarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsad qilingan.
Qayd etilishicha, bugun soat 18:30da Toshkent shimoliy vokzalidan harakatini boshlaydigan 560-sonli yo‘lovchi poyezdi soat 23:05da Qo‘qon temir yo‘l vokzaliga kirib boradi.
29 noyabr kuni soat 0:46da 559-sonli poyezd Qo‘qon temir yo‘l vokzalidan harakatlanadi va shu kuni soat 05:00da Toshkent shimoliy vokzaliga kirib keladi. Chiptalarni elektron tarzda xarid qilish mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish imkoni mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda