
Bu haqda ushbu mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri ma’lumotiga tayanib Sputnik xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistondan jo‘natilgan tomat mevalarini jigarrang tirishiqi virusi (Tomato brown rugose fruit virus (ToBRFV) bo‘yicha tekshirmoqda.
Bundan oldin Rossiya Federatsiyasi ham Farg‘onadan import qilingan pomidor va bulg‘or qalampirida ToBRFV aniqlanganligi sababli, ushbu mahsulotlarga vaqtinchalik cheklovlar joriy etgandi. Ayni paytda "O‘zdavkarantin" inspeksiyasi tomonidan vaziyat o‘rganilmoqda.
Mazkur virusni inson hayotiga ta’siri haqida hozircha hech narsa aniqlanmagan, ammo u issiqxona xo‘jaliklarida 30 foizdan 70 foizgacha hosilni yo‘qotishga olib kelishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar