"Hududgaz Raqamlashtirish" korxonasi tomonidan tajriba tarzida iste’molchilarga ishlatilgan tabiiy gaz uchun yuzaga kelgan qarzni to‘lash zarurligi haqida SMS xabarlar yuborildi.
"Hududgazta’minot" AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, dastlabki 3450ta xabar Toshkent viloyati tumanlari aholisi tomonidan qabul qilinib, mazkur SMS xabarlardan so‘ng bir kun ichida viloyat aholisi tomonidan iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun 50 million so‘mga yaqin to‘lovlar amalga oshirildi.
“Gaz iste’molchilarini SMS xabarlar orqali xabardor qilish imkonini beruvchi zamonaviy aloqa vositalaridan foydalanish samarador ekanligini inobatga olgan holda, "Hududgaz Raqamlashtirish" abonent xizmati mamlakatimizning boshqa hududlari aholisiga ham qarzdorlik haqidagi 63 mingta SMS xabar yubordi.
"Hududgazta’minot" AJ barcha iste’molchilardan foydalanilgan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni so‘raydi. Buning uchun endi gaz ta’minoti tashkilotlariga borishga hojat yo‘q. Gaz uchun to‘lovlarni "Payme", "Click", "Paynet" elektron to‘lov tizimlari orqali, shuningdek joylardagi tijorat banklarining to‘lovlarni qabul qilish punktlari orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi”, - deyiladi xabarda.
"Hududgazta’minot" AJ hozirgi vaqtda tabiiy gaz iste’molchisi shaxsiy kabineti hududgaz.uz saytida sinovdan o‘tkazilayotgani, bu xizmat orqali abonentlar mavjud qarzlar, gaz iste’moli hajmi, oldindan to‘lovlar va ularni amalga oshirish haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkinligini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi