
Foto: Fortune
O‘zbekistonda kannabisni giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish va tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirishga ruxsat berilgandi. Gap tarkibida 0,2 foizgacha miqdorda tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasi mavjud bo‘lgan o‘simlik tolasi va urug‘i haqida ketmoqda.
Spot’ning xabar berishicha, 4 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev sanoat kannabisi yetishtirish va qayta ishlash uchun litsenziya olishda davlat boji stavkalarini tasdiqlovchi qonunni imzoladi. Bunga «Norma» e’tibor qaratdi.
Litsenziya Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan beriladi. Boj miqdori:
- yetishtirish uchun — BHMning 3000 baravari (669 million so‘m);
- import va eksport qilish, qayta ishlash, saqlash, sotish, sotib olish va tashish uchun — BHMning 200 baravari (44,6 million) miqdorida belgilangan.
Shu bilan birga, nashaning ruxsat berilgan navlari, ularni yetishtirish va aylanishi uchun shartlar, litsenziyalash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi kerak. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar