09:00 / 05.12.2020
6 688

Toshkentdagi tungi klubda ayollar striptizi taqdim etilayotgani aniqlandi (video)

Toshkentdagi tungi klubda ayollar striptizi taqdim etilayotgani aniqlandi (video)
Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida ichki ishlar idoralari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda tuman hududida joylashgan «Luksor» tungi klubi soat 23:00 dan keyin faoliyat olib borayotgani aniqlandi. Bu haqda Zo‘r TV telekanalining «24 soat» dasturida xabar berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, muassasada tungi klubning barcha xizmatlari qayta tiklangani, spirtli ichimliklar va chilim tarqatilayotgani aniqlangan.

«Ayollar striptizi ham mijozlarga taqdim qilinayotgani, bu yerdagi yarim yalang‘och qizlarning raqs tushayotgani maxsus sahnadan isbotini topib turibdi», — deyiladi telekanal lavhasida.

Ichki ishlar xodimlari klub mutasaddisiga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tushuntirib, ko‘riladigan choralar haqida ogohlantirish berdi.

Ushbu muassasada aniqlangan holatlarga oydinlik kiritish va belgilangan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun karantin qoidalarini buzganlar va bunga sharoit yaratib berganlar Ichki ishlar bo‘limiga olib ketildi.

Mazkur voqealarni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: VIDEO

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi tungi klubda ayollar striptizi taqdim etilayotgani aniqlandi (video)