Foto: YHXBB
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida Lacetti avtomashinasi 3-sinfda o‘qiydigan qizni urib ketdi, deya xabar bermoqda YHXBB.
Hodisa 2020 yil 4 dekabr kuni Toshkent viloyati Olmaliq shaharida sodir bo‘lgan. Haydovchi Olmaliq shahar Pirimqulova ko‘chasida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan Y.F o‘zining boshqaruvidagi bo‘lgan Lacetti rusumli transport vositasida, piyoda Olmaliq shahar Pirimqulova ko‘chasi 1A-uy 6-xonadonda yashovchi 2011 yilda tug‘ilgan, Olmaliq shahridagi 5-sonli o‘rta ta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi Maksimova Karalina Aleksandrovnani urib yuborgan.
Haydovchi YTHdan so‘ng K.Maksimovani yashash manziliga olib borib yaqinlariga topshirib ketgan. 2020 yilning 5 dekabr kuni K.Maksimovaning sog‘lig‘i yomonlashib, Olmaliq shahar markaziy shifoxonasiga murojaat etgan.
Markaziy shifoxonaning birlamchi ma’lumotnomasida K.Maksimovaga YTH natijasida bosh miya chayqalishi, miya to‘qimalarining lat yeyishi, chap son suyagi sinishi tashxisi qo‘yilgan.
Holat yuzasidan hozirgi kunda sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan bo‘lib, Olmaliq shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz!
Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi