Foto: LiveJournal
Mazkur qatnov «O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Transport va Tashqi ishlar vazirliklari rahbariyatining rossiyalik hamkorlar bilan muzokaralari natijasida pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan yurtdoshlarimizni mamlakatga olib kelish maqsadida tashkil qilindi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabariga ko‘ra, qatnov 14, 21, 28 dekabr kunlari Moskva Kazanskiy-Toshkent yo‘nalishida amalga oshiriladi. Poyezdlar Moskvadan mahalliy vaqt bilan O‘zbekiston poytaxtiga soat 22:28da jo‘naydi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu poyezdlarga faqat bir tomonga, ya’ni Moskva-Toshkent yo‘nalishiga chiptalar sotiladi.
«Yo‘lovchilarga chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida chiptalarni elektron tarzda sotish yo‘lga qo‘yildi. Moskvadagi fuqarolarimizning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ veb-sayti orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo‘natishlari ham mumkin» deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi