Videolavhadan skrinshot
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini Buxoro shahri prokurori Jasur Fozilov deya tanishtirgan shaxsga tegishli video murojaat tarqaldi.
Murojaatda prokuror unga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani va qanday qonunbuzilishlar aniqlansa, bunga javob berishini aytib, respublika bosh prokurori va uning uch nafar xodimiga aloqador jinoyatlar hamda boshqa ma’lumotlarni fosh etmoqchiligini ma’lum qilgan.
Ko‘p o‘tmay, holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura tomonidan Buxoro shahridagi tadbirkorning Buxoro shahar prokurori J.Fozilovning noqonuniy xatti-harakatlari haqidagi arizasi tekshirilmoqda.
Muallif arizasida shahar prokurori J.Fozilovning tazyiqi bilan Buxoro shahrida qurgan yirik savdo majmuasidan 1 metr kvadratining haqiqiy narxi 20 mln. so‘m bo‘lgan savdo do‘konini unga 5 mln. so‘mdan sotganligini, oradan bir yil o‘tib, ya’ni 2020 yil oktabr oyida shu narxdan yana bitta do‘konni sotishini talab qilganligini, rad javobini berganligi uchun J.Fozilov uni tergovga chaqirib, javobgar qilish bilan qo‘rqitayotganligini bildirgan.
Ushbu holat bo‘yicha J.Fozilovga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanib, tekshiruvning xolisona va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash, ish holatlariga to‘liq oydinlik kiritish, har qanday aralashuv va ta’sirlarning oldini olish maqsadida u 2020 yil 2 dekabr kuni xizmat vazifalarini bajarishdan vaqtincha ozod qilingan.
«Tekshirish davomida arizada keltirilgan barcha vajlar, shu jumladan J.Fozilovning 2020 yil 11 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida bildirgan holatlarga to‘liq va haqqoniy baho beriladi.
Shu bilan birga, Bosh prokuratura murojaat va bayonotda bildirilgan barcha masalalar bo‘yicha shaffof va oshkora o‘rganish o‘tkazilishini, bunda jamoatchilik nazoratini ta’minlash uchun doimiy hamkorlikka tayyorligini ma’lum qiladi. Tekshirish natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi», deyiladi bayonotda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi
Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi