Farg‘onada spirtli ichimlik ichib, avtomashina haydagan jiyaniga bayonnoma tuzmaslik uchun YHXB inspektoriga pora taklif qilgan fuqaro ushlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning 9 dekabr kuni fuqaro A.A. Farg‘ona shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi ma’muriy amaliyot inspektori M.A.ga jiyani S.M. Farg‘ona shahar hududida Nexia-3 rusumli avtomashinani spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda boshqarganligi uchun unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashinasini jarima maydoniga joylashtirganligi bo‘yicha murojaat qilgan.
S.M.ni haydovchilik huquqidan mahrum qilmasdan sud tomonidan qo‘llaniladigan jarima miqdorini kamaytirishda yordam berishini so‘rab, evaziga 250 AQSH dollari miqdorida pullarni pora tariqasida taklif qilgan.
Fuqaro A.A.ga inspektor tomonidan huquq va majburiyatlari tushuntirilib, harakatida pora berish jinoyati borligi va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida bir necha marotaba ogohlantirilib, jinoyatdan qaytarishga harakat qilinishiga qaramasdan fuqaro pora taklif qilishda davom etgan.
Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi O‘z xavfsizligi boshqarmasi Farg‘ona viloyati bo‘yicha bo‘limi, viloyat IIB hamda Farg‘ona shahar prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida A.A. ismli shaxs YHXB inspektoriga Farg‘ona shahar Mustaqillik ko‘chasida 250 AQSH dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtda ushlanib, pullar ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Holat bo‘yicha tegishli tartibda protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, Farg‘ona shahar prokuraturasiga yuborildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi”
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi