Foto: Ijtimoiy tarmoq
21 dekabr kuni Samarqandda yarim yalang‘och erkak yo‘l o‘rtasida Captiva’ning yo‘lini to‘sib qo‘ygani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Videoda erkak mashina haydovchisiga qarab, «ur meni, ur», deb baqirgan. Uni yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘lgan keksa kishining ham gapiga quloq solmay, yo‘lga o‘tirib olgan.
Samarqand viloyati IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, olib borilgan surishtiruvlar natijasida ushbu huquqbuzarlikni Samarqand tumani «Mironqul» MFYda yashovchi 25 yoshli S.B. spirtli ichimlik ta’sirida sodir qilganligi aniqlangan.
Unga nisbatan Ma’muriy jinoyat kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar yakuniy qaror qabul qilish uchun Samarqand tumani ma’muriy ishlar bo‘yicha sudiga yuborilgan.
Fuqaroning o‘zi bilan bu kabi huquqbuzarliklarni takroran sodir etmaslik borasida profilaktik suhbat o‘tkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi