
Majburiy ijro byurosi Pastdarg‘om tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor K.X.dan undiruvchi F.A. foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun daromadlarining ikkidan bir qismi miqdorida aliment undirish ko‘rsatilgan.
Bo‘lim xodimlari tomonidan qarzdor K.X. bilan profilaktik suhbatlar olib borilib, qonunchilikda belgilangan javobgarlik yuzasidan tushuntirish berildi.
Shundan so‘ng, qarzdor K.X. alimentdan bo‘lgan barcha qarzini to‘lash bilan birga farzandlari voyaga yetguniga qadar hisoblangan aliment pullarini to‘lash istagini bildirdi. Qarzdor K.X. tomonidan to‘langan jami 76 million so‘m aliment pullari undiruvchi F.A.ga topshirilishi ta’minlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar