date
views 2 389

200 million so‘mlik televizorlar manzilga yetib bormadi

200 million so‘mlik televizorlar manzilga yetib bormadi
Bojxona organlari tomonidan tovar-moddiy boyliklarining respublika hududiga noqonuniy olib kirilishini oldini olish va aniqlashga qaratilgan tezkor tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Yu.O. boshqaruvidagi “Sprinter” rusumli yuk avtotransport vositasi to‘xtatilib uning yukxonasi o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va maxsus markirovka bilan markirovkalanmagan umumiy qiymati 200 million so‘mlik 98 dona televizorlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 200 million so‘mlik televizorlar manzilga yetib bormadi