21:30 / 25.12.2020
2 190

1858 dona “paqildoq”larni noqonuniy pullash rejasi chippakka chiqdi

1858 dona “paqildoq”larni noqonuniy pullash rejasi chippakka chiqdi
Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona idoralari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda poytaxtimizning Mirobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbirda fuqaro B.B. shartli xaridorga 1858 dona pirotexnika vositalarini noqonuniy tarzda pullayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1858 dona “paqildoq”larni noqonuniy pullash rejasi chippakka chiqdi