08:17 / 28.12.2020
1 995

Nurmat Otabekov: Aholining 70 foizida koronavirusga qarshi immunitet shakllantira olsak, pandemiyani yengamiz

Nurmat Otabekov: Aholining 70 foizida koronavirusga qarshi immunitet shakllantira olsak, pandemiyani yengamiz
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov SSV matbuot xizmatiga bergan intervyusida vaksina Buyuk Britaniya va boshqa bir qator davlatlarda aniqlangan koronavirusning yangi shtampiga davo bo‘la olish-olmasligi haqidagi savolga javob berdi.

«Fikrimcha, mutatsiyaga uchragan virusning paydo bo‘lishi endilikda emlashning befoyda ekanligini bildirmaydi. Bugungi kunga qadar ishlab chiqilgan vaksinalarning aksariyati koronavirusning bog‘lovchi oqsillarini kodlaydi. Demak, emlash tadbirlari amalga oshirilgandan keyin hatto mutant-virus bilan kasallangan taqdirda ham bemorning immun tizimi harakatga keladi va quvonarlisi, amaldagi immun tizimini yengib o‘ta oladigan darajada proteinlarini o‘zgartirishi uchun virus bir qator mutatsiyalardan o‘tishi shart bo‘ladi», — deya uning so‘zlarini keltirgan SSV matbuot xizmati.

Shuningdek, gripp kasalligi viruslari ham tez-tez mutatsiyaga uchrashi sababli vaksina har faslning boshida yangilanib turilishi va shu yo‘l bilan emlash samaradorligiga erishilishini eslatib o‘tgan. «Buning uchun koronavirusga qarshi vaksinalarni ham kelgusida yangilash kerak bo‘lishi mumkin. Ammo pandemiya davrida jamlangan ma’lumotlar va yaratilgan ishlab chiqarish manbalari, shubhasiz, keyinchalik aholini unchalik qimmat bo‘lmagan va sifatli vaksina bilan muntazam ta’minlash imkonini beradi», — deb ta’kidlagan Nurmat Otabekov.

Vaksinalar ishlab chiqilishi ko‘pchilik odamlarga ushbu kasallikdan himoyalanish imkonini berishini qo‘shimcha qilgan.

«Fikrimcha, agar aholining 70 foizida immunitetni shakllantira olsak (emlash orqali yoki kasallanish oqibatida), demak, biz pandemiyani jilovlay olamiz, aniqroq aytsak, biz uni yengamiz», — degan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nurmat Otabekov: Aholining 70 foizida koronavirusga qarshi immunitet shakllantira olsak, pandemiyani yengamiz