Ayni paytda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tmoqda. Muxbirimizning ma’lum qilishicha, davlat rahbari tibbiyot sohasida amalga oshiriladigan ishlarga to‘xtalib o‘tgan.
«Koronavirusga qarshi kurash doirasida aholini emlash ishlari amalga oshiriladi. SЕOM bazasini yangilashga 200 million dollar ajratiladi. Tibbiyot sohasini raqamlashtirish ishlari davom ettiriladi. Kasalxonalarni elektron ish tizimiga o‘tkazish choralari ko‘riladi. Diagnostika va davolash uchun joylardagi imkoniyatlar kengaytiriladi.
Ona va bola sog‘ligiga e’tibor — kelajakka e’tibor. Kelasi yildan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va xomilador onalar uchun 7 turdagi vitaminlar bepul beriladi. Bu jarayon bilan 2021 yilda 11 million nafar, 2022 yilda 17 million nafar aholi qamrab olinadi va bu ishlarga 100 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Ayollar va bolalarni yod, temir, foliy kislotasi, vitaminlar va parazitlarga qarshi dorilar bilan bepul ta’minlash orqali aholi o‘rtasida kamqonlik 25 foizga kamaytiriladi.
«Qishloq shifokori» dasturi davomida olis tumanlardagi mingdan ortiq shifokorlarga 30 million so‘mdan yordam puli beriladi va albatta xizmat uyi bilan ta’minlanadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi