Fuqarolik ishlari buyicha Xo‘jaobod tumanlararo sudining 2020 yil 06 mart kungi I.Z.ni bir nafar farzandi bilan sobiq turmush o‘rtog‘i A.Z.ning xonadoniga kiritib qo‘yish haqidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Buloqboshi tuman bo‘limi ish yurituviga 31.03.2020 yilda kelib tushgan va shu kundan ijroga qaratilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor A.Z.ga ijro hujjati talablarini ixtiyoriy ravishda bajarishi yuzasidan ogohlantirish xatlari berilib, tushuntirish ishlari olib borilgan.
Qarzdor tomonidan ijro hujjati talablari ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli majburiy ijro harakatlari 2020 yil 26 dekabr kuniga tayinlanib, xolislar va majburiy ijroga jalb etilgan mutasaddilar ishtirokida I.Z.ni bir nafar farzandi bilan ijro hujjatida ko‘rsatilgan uy-joyga kiritib qo‘yildi hamda bu haqida tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi.
Shunday qilib, ijro hujjatining ijrosi amalda to‘liq ijro etilib, ona va bola yangi yil bayramini o‘z uylarida kutib oladigan bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi