23:03 / 04.01.2021
2 099

«Qaroqchilar taladi», – deb IIBga murojaat qilgan qashqadaryolik shaxs hodisani o‘zi to‘qib chiqarganlikda gumonlanmoqda

«Qaroqchilar taladi», – deb IIBga murojaat qilgan qashqadaryolik shaxs hodisani o‘zi to‘qib chiqarganlikda gumonlanmoqda
Ichki ishlar bo‘limiga «Meni qaroqchilar taladi», – deb murojaat qilgan Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi shaxs hodisani o‘zi to‘qib chiqarganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

2020 yil 25 dekabr kuni soat 00:30da Kitob tumani Zilolbuloq ko‘chasida yashovchi Oybek X. IIBga ariza bilan murojaat qilib, «Shahrisabzfarm» MCHJga qarashli «Damas» avtomashinasini «M-39» yo‘lining Boysun tumani Munchoq mahallasi hududidan o‘tuvchi 1 360-kilometrida boshqarib ketayotgan vaqtida, 2 nafar noma’lum shaxs «Cobalt» avtomashinasida yo‘lini to‘sib to‘xtatganini ma’lum qilgan.

U o‘z arizasida talonchilar hujumiga uchraganidan so‘ng «Damas»ni ichkaridan qulflab olganini, «qaroqchilar» esa mashina oynasini sindirib, undan 32,5 million so‘m va 700 AQSH dollarini tortib olib, voqea joyidan yashiringanini bildirgan. Oybek X. IIBdan «qaroqchilar»ni topib pullarini qaytarib olib berishni va ularga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Shundan so‘ng, mazkur holat yuzasidan Boysun tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «g» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Tergov harakatlari natijasida «jabrlanuvchi»ning murojaatida ko‘rsatilgan jinoiy holat sodir etilmagani, u MCHJga tegishli bo‘lgan pulni o‘zlashtirib olish maqsadida talonchilik hodisasini to‘qib chiqargani ma’lum bo‘lgan.

Aniqlanishicha, avtomashina oynalarini Oybek X.ning o‘zi sindirib, pullarini yashirib qo‘ygan va IIBga jinoyat sodir etilganligi haqida yolg‘on xabar bergan.

Oybek X.ning ko‘rsatmalari hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirilgan va u yashirib qo‘ygan pullar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Qayd etilishicha, tergov jarayonida JKning 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonchilik) bilan ochilgan jinoyat ishi, 237-modda 1-qismiga (yolg‘on xabar berish) qayta malakalangan.

Oybek X. JKning 237-moddasi 1-qismi bilan gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Qaroqchilar taladi», – deb IIBga murojaat qilgan qashqadaryolik shaxs hodisani o‘zi to‘qib chiqarganlikda gumonlanmoqda