
Amaldagi tartiblarga ko‘ra, yurtimizga olib kirilgan o‘simliklar urug‘lari rasmiylashtiruvida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq karantin ruxsatnomasi, muvofiqlik sertifikati va sanitariya-epidemiologiya markazi xulosalari talab etiladi.
Ammo mo‘may daromad ilinjidagi ayrim shaxslar bu kabi tartib-taomillarni chetlab o‘tishga urinishmoqda. Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan fuqaro T.D. boshqaruvidagi “Mercedes Benz” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, avtomashina zaxira baloni hamda salon qismidagi sumkalar ichida og‘zaki so‘rovda aytilmagan va yo‘l yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 20 million so‘mlik jami 50 dona paketda ukrop urug‘lari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar