2 129
268,4 million so‘mlik maishiy texnika tovarlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Sifati kafolatlanmagan maishiy texnika vositalarini turli nayranglarni qo‘llagan holda yurtimizga yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati xududida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida, fuqaro G.K. boshqaruvidagi “DAF” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Tekshiruv davomida avtomashina yukxonasida, xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan fuqaro M.N.ga tegishli, umumiy qiymati 223,4 million so‘mlik changyutgichlar borligi aniqlandi.
Yana bir holatda fuqaro B.D. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 45 million so‘mlik jami 30 dona televizorlar borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi