Kadr: Telegram
Toshkentning Yashnobod tumanida 15 dekabrdan 2 yanvarga qadar 7 ta to‘lov terminali o‘g‘irlandi. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» dasturida ma’lum qilindi.
Yashnobod tumani IIB tomonidan olib borilgan ishlar natijasida jinoyat ishida gumonlanayotgan ikki nafar shaxs qo‘lga olingan.
Ushbu shaxslar Yashnobod tumani Qorasuv ko‘chasidagi 5-uy yonida joylashgan do‘kon yonidan Paynet bankomatini o‘g‘irlayotganida tuman IIO FMBsiga bu haqda xabar berilgan. Tezkor qidiruv ishlari olib borilganda, davlat raqami yechilgan oq Damas rusumli avtomashinaga ushbu infokioskni ortib, olib ketilayotganligi aniqlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanayotgan shaxslar 2020 yil 15 dekabrdan 2021 yil 2 yanvargacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida jami 7 ta to‘lov terminalini o‘g‘irlab, ularni buzgan va ichidagi pullarni sarflab yuborgan.
Ma’lum qilinishicha, gumondagi shaxslar D. (1990 yilda tug‘ilgan) va R. (1989 yil tug‘ilgan) bundan avval Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jazo muddatini o‘tab chiqqan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?