AOKA huzurida innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda «Innovatsion faoliyat to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingani hamda startaplar to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilishi haqida ma’lum qilindi.
«Innovatsiya sohasini rivojlantirish uchun oldimizda turgan asosiy masala — huquqiy bazani mustahkamlash, ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish. Shu bois biz ‘Innovatsion faoliyat to‘g‘risida’gi qonunni ishlab chiqib, qabul qilinishiga erishdik.
Bugungi kunda yoshlarimizning ko‘pchiligi startaplarga qiziqadi, biroq startaplar bo‘yicha huquqiy baza mavjud emas. Shu bois 2021 yilgi maqsadlarimizdan biri — startaplar to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqib, oxiriga yetkazamiz».
Shuningdek, vazir 2021 yilda hududlarda innovatsion infrastrukturalarni ishga tushirilishini ta’kidlab o‘tdi. Xususan, har bir universiteti qoshida Yoshlar texnoparki yaratiladi. Toshkent texnika universitetida ilmiy innovatsion yangi markaz ishga tushiriladi.
«Bu talabalar shaharchasidagi OTMlarga xizmat qiladigan ilmdan keyingi bosqichni o‘zini qo‘liga olib, yoshlarni o‘qitib, ularga moliyaviy yordamlar berib, yangi startap biznes loyihalarini amalga oshirishga sharoit yaratadi», – deydi Ibrohim Abdurahmonov.
Bundan tashqari, vazir tomonidan Andijonda yangi lug‘atshunoslik markazi va viloyatda innovatsiyalarni ko‘rgazmasini o‘tkazadigan dala poligoni yoki tajriba uchastkasi qurilishi ta’kidlab o‘tildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?