Andijon shahriga ichimlik suvi yetkazib beruvchi «Xonobod—Andijon» markaziy suv quvurining Andijon tumani «Xortum» mahallasida joylashgan suv taqsimlash jihozida 9 yanvar kuni nosozlik yuzaga keldi. Ayni vaqtda Andijon shahrida ichimlik suvi ta’minotida muammolar yuzaga kelgan.
«Andijon suv ta’minoti» kompaniyasi ushbu nosozlik oqibatida 11-12 yanvar kunlari aholiga suv yetkazib berishda uzilish yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirgan. Shu munosabat bilan, kompaniya Andijon shahri aholisidan uzr so‘ragan holda, ularni ichimlik suvi zaxirasini yaratib olishga chaqirgan.
«Ushbu nosozlikni bartaraf etish maqsadida zaruriy choralar ko‘rilmoqda va nosozlikni bartaraf etish uchun shu yilning 11-12 yanvar kunlari aholiga suv yetkazib berish ta’minotida uzilish yuzaga kelishi mumkin. Nosozlikni bartaraf etish jarayonida Andijon shahriga Jalaquduq tumanida joylashgan «Paxtakor» yer osti suv inshooti orqali toza ichimlik suvi yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda. Bundan tashqari, 20 dona maxsus suv tashish transport vositalari xizmatga shay holatga keltirildi.
«Andijon suv ta’minoti» MCHJ Andijon shahri aholisidan ichimlik suvi zaxirasini yaratib olishlarini so‘ragan holda, yuzaga kelgan holat yuzasidan uzr so‘raydi», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi