date
views 2 206

Namangandagi gaz-zapravkada navbatda turgan Damas yonib ketdi

Namangandagi gaz-zapravkada navbatda turgan Damas yonib ketdi
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani «Kumidon» mahallasi hududida joylashgan «Afsona-4» avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida 11 yanvar kuni soat taxminan 7:50 da gazga navbatda turgan Damas yonib ketdi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB) xabar bermoqda; hodisa videosi Telegram’da tarqalgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1999 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvida bo‘lgan mashinaning yonib ketishiga dvigatel qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan. Qayd etishlaricha, yong‘in tezda (boshqa haydovchilar yordami bilan) bartaraf etilgan, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

«Hodisa yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda», — deya qo‘shimcha qilingan IIV YHXBB axborotida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namangandagi gaz-zapravkada navbatda turgan Damas yonib ketdi