Foto: Buxoro viloyati VFB matbuot xizmati
Buxoroda asfalt yuklangan Howo yuk mashinasi ag‘darilishi oqibatida shu hududda obodonlashtirish ishlarini olib borayotgan 33 yoshli erkak yuk tagida qolib ketdi. Voqea 10 yanvar, yakshanba kuni shaharning Bahovuddin Naqshband ko‘chasida yuz bergan. Bunga guvoh bo‘lgan ayol hushini yo‘qotib, yerga yiqilgan.
To‘kilgan issiq asfalt ostida qolgan 1988 yilda tug‘ilgan xodim M.Sh. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan qutqarilgan. Unga va hushini yo‘qotgan ayolga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Aniqlanishicha, ushbu hodisaga yo‘ldagi nosozlik sabab bo‘lgan. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, bundan bir necha kun avval ushbu hududda suv quvurlari yorilgan va «Suvoqova» tashkiloti muammolarni bartaraf etish maqsadida yo‘lak ostini qazigan va yuza qismini shunchaki ko‘mib ketgan.
Ushbu yo‘lak orqali harakatlangan Howo yuk og‘irligi sabab yo‘lning aynan o‘sha qismi mo‘rtligidan ag‘darilib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi