Ichki ishlar vazirligi YHXBB boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorov maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish moslamalari bugungi kunda to‘liq ishlayotganini ma’lum qildi.
«To‘g‘ri, oldinroq bu borada ozgina muammolar bo‘lgan edi. Bu muammolar hozirgi kunda yechilgan. Hozirgi kunda birorta ham sertifikatdan o‘tkazilmagan qoidabuzarlikni aniqlash moslamalaridan foydalanilmayapti.
Avvalroq tezlikni o‘lchash (radar) moslamalarida muammo paydo bo‘lgan edi. Ayni paytda ushbu fotoradar moslamalari ishlatilmayapti hamda yo‘llarda o‘rnatilgan radarlar bugungi kun talabiga mos keladi», deydi Erali Bozorov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimligi mas’ul xodimi Toshkent shahri chorrahalariga Shveysariya kompaniyasi tomonidan o‘rnatilgan qoidabuzarliklarni qayd etuvchi videokuzatuv moslamalarining litsenziyasi tugagani aytgan, biroq IIV YHXBB mas’ul xodimi ushbu ma’lumotni rad etib, kameralarga litsenziyalar muayyan muddatga emas, balki umrbod berilganini bildirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi