16:00 / 15.01.2021
2 180

Qalbaki kupyuralar tayyorlagan shaxs ushlandi

Qalbaki kupyuralar tayyorlagan shaxs ushlandi
Bugungi kunda ayrim kimsalar oson pul topishni o‘zlariga kasb qilib olmoqdalar. Hatto, ba’zi bir qo‘shtirnoq ichidagi «ishbilarmonlar» qalbaki kupyuralar tayyorlab, muomalaga kiritishga ham urinishmoqda.

DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki kupyuralar tayyorlab, muomalaga chiqarishni rejalashtirgan shaxs qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, Termiz tumanida istiqomat qiluvchi, 1995 y.t. «M.X.» o‘z jinoiy rejasini amalga oshirish uchun Termiz shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan birini vaqtinchalik ijaraga oladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, u ijaraga olgan xonadonda «Acer» rusumli noutbuk, «Epson» rusumli rangli printer hamda 4 dona «100 000» so‘mlik, 48 dona «50 000» so‘mlik, 12 dona «10 000» so‘mlik, jami 2 920 000 so‘m miqdoridagi qalbaki pullar borligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qalbaki kupyuralar tayyorlagan shaxs ushlandi