17:17 / 16.01.2021
2 071

Qarzdorning qidiruvdagi “LACETTI” rusumli avtotransport vositasi topildi

Qarzdorning qidiruvdagi “LACETTI” rusumli avtotransport vositasi topildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 04.11.2009 yildagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor Sh.A.dan undiruvchi M.Sh.ning foydasiga uning tarbiyasidagi voyaga yetmagan 2 nafar farzandining ta’minoti uchun qarzdorning har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 miqdorida aliment undirishi belgilangan.

Mazkur ijro hujjati ish yurituvga kelib tushgan kundan ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan va qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.

Qarzdor aliment pullarini to‘lamasdan kelganligi sababli ijro ishi doirasida Byuroning Urganch shahar bo‘limi xodimlari tomonidan qarzdorning barcha yo‘nalishlariga cheklovlar qo‘yib, unga tegishli bo‘lgan “LACETTI” rusumli avtotransport vositasiga nisbatan ham bo‘lim tomonidan joriy yilning 4 yanvar kuni qidiruv e’lon qilingan.

Majburiy ijro byurosining Xorazm viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida mazkur transport vositasi Xorazm viloyati, Urganch tumani, Tandirchi mahallasi xududidagi xonadonda turganligi aniqlanib, vaqtincha saqlash maqsadida Byuroning Xorazm viloyati boshqarmasi binosiga olib kelinib, avtotransport vositasi xatlandi.

Hozirda, Byuroning Urganch shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi yuzasidan qarzdorlikni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdorning qidiruvdagi “LACETTI” rusumli avtotransport vositasi topildi