
Majburiy ijro byurosi Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining 08.07.2010 yildagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor Sh.Alimovdan undiruvchi Z.Alimova foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun 1/2 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.
Aniqlanishicha, qarzdor Sh.Alimovning 01.01.2021 yilga qadar aliment qarzdorligi 131.925.000 so‘mni tashkil qilgan. MIB tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida alimentchi otadan uch nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun salkam 132 mln. so‘m aliment qarzi undirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar