date
views 2 158

Yunusobodda yo‘lning muzlagani sabab 6 ta avtomobil oldinma-ketin to‘qnashib ketdi

Yunusobodda yo‘lning muzlagani sabab 6 ta avtomobil oldinma-ketin to‘qnashib ketdi
Toshkent shahar Yunusobod tumanida 6 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Ta’kidlanishicha, 2021 yilning 22 yanvar kuni soat 17:00 larda Yunusobod tumani Yangi Yunusobod ko‘chasida joylashgan Anjir kafesi ro‘parasida haydovchi – 2001 yilda tug‘ilgan X.X. Nexia-2 rusumli avtomobilda harakatlanayotib tezlikni pasaytirgan.

Natijada uning ortidan kelayotgan 1996 yilda tug‘ilgan S.N. boshqaruvidagi Nexia-3, 1977 yilda tug‘ilgan N.R. boshqaruvidagi Epica, 1984 yilda tug‘ilgan M.S. boshqaruvidagi Nexia-2, 1993 yilda tug‘ilgan A.V. boshqaruvidagi Matiz hamda 1992 yilda tug‘ilgan I.R. boshqaruvidagi yana bir Matiz avtomobillari ishtirokida oldinma-ketin to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yunusobodda yo‘lning muzlagani sabab 6 ta avtomobil oldinma-ketin to‘qnashib ketdi