2 732
«Hotamovlar oilasi prezident uyga poyabzalini yechib kirishini ular mutlaqo kutmagandi»
Prezident matbuot xizmati Shavkat Mirziyoyevning 22—23 yanvar kunlari Buxoro viloyatiga amalga oshirgan safariga bag‘ishlangan maxsus reportaj e’lon qildi. Rus tilida tayyorlangan 25 daqiqalik ko‘rsatuvda, jumladan, prezidentning Buxoro shahridagi Ne’mat ota Hotamov xonadoniga tashrifi tafsilotlari ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Prezident Buxoro shahrining «Nizomiy» mahallasida qurilgan zamonaviy uylarni borib ko‘rgani haqida xabar berilgan edi. Ilgari bu hududda pana-pastqam, kanazilatsiyasi yo‘q uylar bo‘lib, «shahar ko‘rkini buzib turgan». 2020 yilda bu yerda yetti qavatli uylar, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etildi.
Reportaj muallifining ta’kidlashicha, «Hotamovlar oilasi yuksak martabali mehmonning kelishiga tayyorgarlik ko‘rib qo‘ygan edi, ammo prezident ostonada poyabzalini yechgani xonadon egasi uchun mutlaqo kutilmagan hol bo‘ldi». Videoda Ne’mat Hotamov prezidentga poyabzalni yechmay kirishi mumkinligini aytishga taraddudlanib, shoshilib qolganini ko‘rish mumkin.
— Shukhrat (@bankir2102) January 25, 2021
Prezident xonadonda yaratilgan sharoitlar bilan qiziqqan. Bu vaqtda uy egasining nevarasi «qonun-qoidasida yozilganidek qilib», prezidentga choy uzatgan. «U o‘z his-hayajonini bazo‘r ushlab turganini sezish mumkin», — deydi kadr ortidagi ovoz. Shu vaqtda uning buvisi vaziyatni darhol nazoratga olib, ko‘z qarashi bilan «ushbu tadbir protokoli bo‘yicha» choyni endi kimga uzatish kerakligini nevarasiga uqtirgan. «Bu yerda endi ustuvorlik yoshga qarab belgilanadi», — deydi reportaj muallifi.
— Shukhrat (@bankir2102) January 25, 2021
Dasturxon atrofida kechgan dildan suhbat davomida prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zi ham qiynalib o‘sgani, uzoq qishloqdan chiqqan odam ekanini ta’kidlagani haqida avval xabar berilgan edi. «Mehnatim bilan o‘qishga kirib, odamlarning armonini, qiynalganini bilganman», — degan edi davlat rahbari Hotamovlar oilasi vakillari bilan suhbatda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)