2 909
Prezident Kogonning ishdan olingan 4 ta sektor rahbarining bir yillik ish haqini kassaga to‘latish bo‘yicha topshiriq berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati Kogon shahar to‘rtta sektor (hokim, prokuror, IIB va DSI boshliqlari) rahbarlarini yoshlar bilan tizimli ish tashkil qilmagani uchun lavozimidan ozod qilishni tayinladi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali orqali namoyish etilgan lavhada xabar qilindi.
27 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlab videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Yig‘ilishda davlat rahbari yoshlar o‘rtasidagi muammolarni aniqlash va tizimli hal etish borasida haligacha ko‘plab kamchilik hamda muammolar saqlanib qolayotganini ta’kidlagan.
«Misol uchun, Kogon shahar 2-sektor rahbari, shahar prokurori Yarashev yoshlar bilan uchrashuvda ularning uch nafarini bir hafta muddatda ish bilan ta’minlayman deb va’da bergan, lekin oradan bir oy vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, natija yo‘q», — deya qayd etadi Prezident.
Shuningdek, Prezident Kogon shahridagi qolgan sektor rahbarlari ham mahallalarga tushib ishlamayotganini ta’kidlagan.
«Tuman hokimi Hoshimov, ichki ishlar boshlig‘i Javkashov, soliq idorasi boshlig‘i Bobomurodov... Buning ustiga yoshlarning kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash yoki tadbirkorlikka jalb qilish ham o‘z holiga tashlab qo‘yilgan», — deydi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovga yuqorida ismlari keltirilgan rahbarlarning barchasini lavozimidan bo‘shatish, prokurorga esa ularning bir yillik ish haqini kassaga to‘latish bo‘yicha topshiriq berdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi