
Prezidentimizning 2020 yil 24 noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Byuroning Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda.
Jumladan, aliment bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash maqsadida keng jamoatchilik va aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Kuni kecha Byuroning tuman bo‘limi tomonidan bevosita aliment to‘lovchilari bilan o‘tkazilgan suhbat davomida fuqaro M.B ma’suliyatni his etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Bo‘lim ish yurituvida Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan qarzdor M.B dan undiruvchi G.E foydasiga bir nafar farzandining moddiy taminoti uchun aliment undirish belgilangan.
Fuqaroga amaldagi tartib qoidalar tushuntirlganda u bir yo‘la voyaga yetgunga qadar summani to‘lab berishi bo‘yicha ariza yo‘lladi. Uni arizasi qanoatlantirilib, hisob-kitob qilinganda 20 mln so‘mni tashkil etdi va to‘lab berdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar