
Majburiy ijro byurosi Yunusobod tuman bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 12.10.2012 yilgi ijro hujjatiga asosan, qarzdor A.Raxmatovdan undiruvchi D.Raxmatovaning foydasiga bir nafar farzandi ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.
Qarzdor A.Raxmatovning 01.01.2017 yildan 01.01 2021 yilga kadar aliment qarzdorligi qayta hisoblab chiqilganda 21.050.000 so‘mni tashkil qilgan.
MIB tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida 26.01.2021 yilda qarzdor tomonidan 21.050.000 so‘m aliment pullari undiruvchi D.Raxmatovaga undirib berilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar