12:39 / 01.02.2021
1 594

Elektron kelib tushgan ijro hujjati elektron hal qilindi

Elektron kelib tushgan ijro hujjati elektron hal qilindi
Majburiy ijro byurosi organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnika vositalarini joriy etilishi nafaqat ushbu organ faoliyati rivoji uchun, balki tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari manfaati uchun ham samarali xizmat qilmoqda.

Jumladan, 25.12.2020 yilda Byuroning Farg‘ona shahar bo‘limiga Asaka tumanlararo iqtisodiy sudining qarzdor MCHJ shaklidagi “Fergana Oseana” qo‘shma korxonasidan undiruvchi “Asaka yog‘” aksiyadorlik jamiyati foydasiga 507 mln. 577 ming so‘m undirish haqidagi 4-1702-2001/361-sonli ijro hujjati elektron tarzda kelib tushgan va ushbu ijro hujjati bo‘yicha bir ish kuni davomida ijro ishi yurituvini qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilingan.

26.12.2020 yilda qarzdor MCHJ shaklidagi “Fergana Oseana” qo‘shma korxonasiga bu haqda ma’lum qilinib, sud qarori ijrosi uchun 16 kunlik ixtiyoriy muddat belgilanganiga qaramasdan 11.01.2021 yilga qadar ijro hujjati talablari bajarilmagan.

Shunga ko‘ra, majburiy ijro harakatlari o‘tkazishga kirishilib “Sud hujjatlari va boshqa organlari hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq undiruvni birinchi navbatda pul mablag‘lariga qaratish maqsadida qarzdor jamiyat bank hisob raqamiga inkasso topshiriqnomasi qo‘yilgan.

Shundagina qarzdor “Fergana Oseana” qo‘shma korxonasi 507 mln. 577 ming so‘m qarzini 18.01.2021 yil kungi 13-sonli to‘lov topshiriqnomasi bilan “Asaka yog‘” aksidorlik jamiyatiga to‘liq o‘tkazib berdi. Ijro hujjati talablarini o‘z vaqtida bajarmaganligi sababli 10 mln. 151 ming so‘m miqdorda ijro yig‘imi qo‘shimcha undirib olinishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Elektron kelib tushgan ijro hujjati elektron hal qilindi